Shoyim Bo‘tayev

Yozuvchi
Shoyim Bo‘tayev
Tavallud sanasi:
1959 Iyun 20

Iste’dodli noshirlardan biri Shoyim Bo‘tayev o‘z ijodiy uslubiga, o‘ziga xos ovozga va sozga ega. Uning ijodi milliy nasrchiligimizning eng yaxshi an’analarini jahon nasrchiligi yutuqlari bilan omuxta tarzda ifoda etishda namoyon bo‘lmoqda. «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

Shoyim Bo‘tayev iste’dodli noshirlardan biri bo‘lib, 1959 yil 20 iyunda Tojikistonning O‘ratepa tumaniga qarashli Maydoncha qishlog‘ida tug‘ilgan. 1976 yili o‘rta maktabni, 1982 yili esa Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

Uning mehnat faoliyati «Guliston» jurnalidan boshlangan bo‘lib, keyinchalik hozirgi «Tong yulduzi» gazetasida bo‘lim mudiri, «Cho‘lpon» nashriyotida muharrir bo‘lib ishladi.

O‘zbekiston radiosining «Adabiyot va radioteatr» Bosh muharririyatining Bosh muharriri, «O‘zbektelefilm» studiyasi Bosh muharriri lavozimlarida yozuvchi samarali faoliyat olib borib, o‘zbek milliy madaniyati, adabiyoti va san’ati rivojlanishiga munosib ulush qo‘shdi.

Shu yillarda u talay badiiy va hujjatli filmlarning, radiopostanovkalarning adabiy stsenariylarini yozdi. Hozir Shoyim Bo‘tayev Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlamoqda.

Shoyim adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 80-yillarning o‘rtalaridan kirib kelgan. Dastlab talabalik davri hayotini ifodalovchi hikoyalar yozgan. Uning «Sirli yulduzlar» nomli ilk qissasi 1984 yilda «Sharq yulduzi» jurnalida bosilgan. Xuddi shu yili uning yana «Dunyoning sarhisobi bor» nomli qissalar to‘plami chop etilgan.

Faoliyati

1988 yilga kelib adibning «Endi bari boshqacha» nomli hikoyalar to‘plami «Cho‘lpon» nashriyotida bosilib chiqadi. 1995 yilda esa Shoyim Bo‘tayevning «Shamol o‘yini» nomli qissa va hikoyalar majmuasi «Yozuvchi» nashriyotida chop etiladi.

1996 yilga kelib «Sharq» nashriyoti matbaa aktsiyadorlik birlashmasi yozuvchining «Qo‘rg‘onlangan oy» romanini bosib chiqardi.

Keyingi yillarda adibning «Kunbotardagi bog‘», «Hayot», «Ko‘chada qolgan ovoz» kabi kitoblari nashr etildi. Ayni damda yozuvchi «Shox» nomli romanini chop etish niyatida asar ustida so‘nggi sayqallash ishlarini olib bormoqda.

Shoyim Bo‘tayev o‘z ijodiy uslubiga, o‘ziga xos ovozga va sozga ega. Uning ijodi milliy nasrchiligimizning eng yaxshi an’analarini jahon nasrchiligi yutuqlari bilan omuxta tarzda ifoda etishda namoyon bo‘lmoqda. Xuddi shu jihatdan uning «Qo‘rg‘onlangan oy» romani e’tiborga loyiqdir. Garchi roman qishloq kishilari hayoti, orzu-intilishlari haqida hikoya qilsa-da, aslida xalqimiz ma’naviyatiga xos milliy ildizlar, manbalar va hamisha yashovchan samarali an’analarni ham ko‘z-ko‘z qiladi.

Ayniqsa, qishloq kishilariga xos fe’l-atvor, samimiy va beg‘ubor tuyg‘ular nihoyatda go‘zal va shirali tilda, oddiy, aniq va ravon tasvirlanadi. Shular asarga joziba bag‘ishlaydi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/bo%E2%80%98tayev_shoyim
Sayt foyda berdi!
87493 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi